Donnarummani PSJdan “yo‘qotmoqchi” bo‘layotgan rahbar kimligi ma’lum bo‘ldi

  • 8 avgust, 10:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” yangi mavsum oldidan “Lill” darvozaboni Lyuk Shevaleni transfer qildi.

Tecno

Bu o‘z navbatida asosiy darvozabon Janluiji Donnarummaning kelajagiga ta’sir qiladi. Italiyalik golgiper klubdan ketishga majbur bo‘ladi.

Gap shundaki, PSJ sport direktori Luish Kampush rahbariyat vakillari bilan muhokamada darvozabonlar rotatsiyasiga qarshi chiqdi va Donnarummaning klubdan ketishini talab qilyapti.

L'Equipe nashri jurnalisti Loik Tanzining ta’kidlashicha, Kampug Shevalega jamoada birinchi raqamli posbon bo‘lishini kafolatlagan. Bundan tashqari, bosh murabbiy Luis Enrike va Shevale o‘rtasidagi suhbatda frantsiyalik golkiper eng yuqori darajada o‘ynashga tayyor ekani muhokama qilingan.

Donnarummaning agentlari ham italiyalik futbolchining ketishi ustida ish boshlagan. Ayni paytda mahoratli golkiperga Angliyaning bir necha grand klublari jiddiy qiziqish bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!