
Donnarumma nima xohlaydi o‘zi?
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma klubdagi holatidan norozi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli darvozabon tanqidlar, shuningdek, Keylor Navas bilan doimiy rotatsiyadan hafsalasi pir bo‘lgan. Shu munosabat bilan Donnarumma yana Italiyaga qaytish haqida o‘ylamoqda.
Donnarummaning PSJ bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. U joriy mavsum parijliklar safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 17 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar