
Dominik Tim mezbonlar vakilini mag‘lub etdi
Avstrilik Dominik Tim va frantsiyalik Gael Mnfis o‘rtasidagi uchrashuv, "Rolan Garros" turnirining to‘rtinchi bosqichidan joy egalladi.
Parij shahrida o‘tkazilgan mazkur o‘yin Gael uchun omadsiz yakunlandi. U o‘yinning birinchi va ikkinchi setlarini bir xil 4:6 hisobida boy bergan bo‘lsa, uchinchi setda 2:6 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa Frantsiya ochiq birinchiligining 1/4 final bosqichida Tim rossiyalik Karen Xachanov yoki argentinalik Xuan Martin Del Potro bilan kuch sinashadi.
Fikrlar