
Djon Rogan: Xamzat Chimaev katta xato qildi"
Xamzat Chimaev (12-0) nega titul jangini olmayotganligini taniqli sharxlovchi Djo Rogan tushuntirib berdi.
"Xamzat o‘shanda jiddiy xato qilgandi. U Neyt Dias bilan jang uchun vazn qila olmay jiddiy xato qildi, agar o‘sha jang uchun vazn me’yorini bajarib, Neyt Diasga qarshi yaxshi jang qilganida, titul jangi uchun imkoniyatga ega bo‘lardi. U yulduz, u albatta chempionlik jangini olardi".
Ma’lumot uchun, Chimaev 21 oktyabr kuni "UFC 294" turnirida Paulo Kosta bilan jang qiladi.
Fikrlar