
Diyor Turopov "Neftchi" bilan xayrlashdi
Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in o‘tkazib kelayotgan "Neftchi" safini Diyor Turopov rasman tark etdi. Bu haqida klub matbuot xizmati e’lon qildi.
Farg‘onaliklar tarkibida 2023 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan tajribali va mahoratli yarim himoyachi Diyorjon Turopov yangi mavsumda o‘z faoliyatini boshqa klubda davom ettirish istagini bildirib, "Neftchi" bilan o‘zaro kelishilgan holda jamoa bilan do‘stona xayrlashdi.
U Farg‘onadagi faoliyati davomida "Neftchi" safida 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 12 ta assist muallifi bo‘lgan. Diyorjon klub rahbariyati, jamoadoshlari va barcha farg‘onalik futbol muxlislariga chuqur minnatdorchilik bildirdi", - deyiladi klubning rasmiy xabarida.
Tez orada Turopovning yangi jamoasi nomi ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar