Diyor Imomxo‘jaev: Ishonamanki, ob’ektiv fikr yuritadigan muxlislarimiz bizning holatimizni to‘g‘ri tushunadilar
O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘z "Telegram" sahifasida Superliga qur’asi va yangi mavsum starti haqida post qoldirdi.
"10 kun avval, 2021 yilgi mavsum uchun Superliga taqvimini ishlab chiqib ulgurgandik.
Orada O‘FA bilan taqvim borasida kelishdik. O‘zPFL saytida chiqqani kabi, 20 fevral kuni Superligaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi va u jonli efirda ko‘rsatiladi.
Superkubok 6 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bunda "Paxtakor" va "Nasaf" o‘zaro kurash olib boradi.
Superliga 9 mart kuni start oladi.
Pandemiya sharoiti yana boshimizga tushmasa, 2022 yilgi mavsumning yuqoridagi kabi sanalarini yangi yilgacha hal qilamiz. Pandemiya esa 2020 yilgi mavsumni kech tugatishga, mavsumning kech tugashi qishki transferning kech ochilishiga, 50 xil davlatda 50 xil sharoit ekani OFK o‘z rejalarini kechikib taqdim etishiga sabab bo‘ldi. Ishonamanki, ob’ektiv fikr yuritadigan muxlislarimiz bizning holatimizni to‘g‘ri tushunadilar", - deb yozadi Imomxo‘jaev.



Fikrlar