"Dinamo"ning OChL ishtirokchisi bilan kuchi teng keldi

  • 26 yanvar, 2024, 23:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

«Dinamo» jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari yig‘ini doirasidagi 4-o‘yinda maydonga tushdi.

Tecno

Bu safargi o‘rtoqlik bahsida Vadim Abramov shogirdlari Saudiya Arabistonining «Al-Fayha» klubiga qarshi maydonga tushdi. OChLda «Paxtakor»ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Saudiya klubi tayyorgarlik doirasida Samarqand jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

Abu-Dabidagi o‘yinda Saudiya klubi 6-daqiqada Navaf Al-Hartining goli evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, 15-daqiqada "Dinamo" yarim himoyachisi Sanjar Shoahmedov o‘z goli bilan hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limning 84-daqiqasida saudiyaliklar hisobda yana oldinga chiqib olgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Komil Sharofutdinov jamoasining hujumini gol bilan yakunladi – 2:2.

Qiziqarli o‘tgan bahsda «Dinamo» klubi Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak final ishtirokchisi bilan durang o‘ynadi.

O‘rtoqlik o‘yini. 26 yanvar
Abu-Dabi, «Elite Club» stadioni
«Al-Fayha» (S.Arabistoni) - «Dinamo» (O‘zbekiston) – 2:2
Gollar: Navaf Al-Harti 6, Abdulhamid Sobiri 84 – Sanjar Shoahmedov 15, Komil Sharofutdinov 86.
«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin, Artyom Sokol, Odil Abdumajidov, Ulug‘bek Abdullaev, Anvar Fayzullaev, Vladimir Kozak, Humoyunmirzo Iminov, Sanjar Shoahmedov, Frantsis Narx, Farrux Ikromov, Anvar Xojimirzaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Salim Mustafoev, Dushan Miyich, Xislat Xalilov, Emmanuel Yagr, Vohidjon Oqbo‘taev, Damir Temirov, Husniddin G‘ofurov, Komil Sharofutdinov, Bahodir Nasimov, Xurshid Ubaydullaev, Javlon Malikov.

"Dinamo" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
27/01/2024 08:14
Абубакир Мухиддинов нега клубда йук йо кетими
Искандар Нарзикулов
27/01/2024 08:14
Абубакир Мухиддинов нега клубда йук йо кетими