"Dinamo"ga yangi darvozabon taklif etildi
Sergey Lushchan “Dinamo” klubiga bosh murabbiy etib tayinlangach, tarkibni kuchaytirishga kirishib ketdi. Asosiy maqsad jamoani Superligaga qaytarish ekanligini yaxshi tushunib turgan murabbiy, tarkibni shunga yarasha foydasi tegadigan ijrochilar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda.
Bungacha samarqandliklar safiga “Xo‘jand”dan Andrey Sidorov, “Navbahor”dan Obid Jo‘raboev, “Bunyodkor”dan Farhod Namozov singari futbolchilar qo‘shildi.
Bulardan tashqari, “Dinamo”ga “Oq-tepa”dan darvozabon Erkin Jabborov ham taklif etilgan va hozirda jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etyapti. U ilgari elitada bir qator klublarda faoliyat olib borganini muxlislar yaxshi bilsa kerak. Katta ehtimol bilan Jabborovning “Dinamo” tarkibida to‘p surishi kutilmoqda.



Fikrlar