
"Dinamo" navbatdagi legioner transferini e’lon qildi
"Dinamo" klubi 2025 yilgi futbol mavsumi oldidan o‘z tarkibiga yana bir legionerni qo‘shib oldi.
Samarqand klubi nigeriyalik hujumchi Richard Fraydey bilan bir yillik shartnoma imzolanganini ma’lum qildi. U 27 fevral kunidan "Dinamo"ning Toshkentdagi yig‘iniga qo‘shiladi.
25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumlarni Shvetsiyaning "GAIS" klubida o‘tkazib, jami 44 o‘yinda 10ta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, Richard 2019-2021 yillarda Latviyaning "Liepaya" va "Spartak Yurmala" klublari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar