"Dinamo" muxlislari uchun xushxabar

  • 3 iyun, 2024, 14:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Samarqandlik muxlislar uchun xushxabar. Gap shundaki, 2023 yilgi mavsum boshidan “Dinamo” sharafini himoya qilib kelayotgan asli ganalik bo‘lgan va hozirda Qirg‘iziston terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan hujumchi Joel Kojo samarqandliklar bilan kelishuvni uzaytirgani ma’lum bo‘ldi. Bu xususida O‘zPFL rasmiy ma’lumot tarqatdi.

Tecno

“Dinamo” klubi hujumchi Joel Kojo bilan shartnomani uzaytirdi. Unga ko‘ra, qirg‘izistonlik futbolchi 2025 yilgi mavsum so‘nggiga qadar samarqandliklar sharafini himoya qiladi, - deyiladi xabarda.

Bu yil Kojo “Dinamo” safida 9 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 4 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!