"Dinamo" murabbiylar shtabida yana bir mutaxassis ishga kirishdi
Superliga yangi mavsumi oldidan «Dinamo» jamoasi murabbiylar shtabiga ham tajribali mutaxassislarni taklif etmoqda.
"Dinamo" murabbiylar shtabi va klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, Mixail Naumov jamoaga taklif etildi. Futbolchilik faoliyati davomida O‘zbekiston milliy jamoasi, "Nasaf" hamda 2016-2017 yillar "Dinamo" jamoasi darvozasini qo‘riqlagan Mixail Naumov klub darvozabonlar murabbiyi sifatida ish boshladi. 37 yoshli mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum "Dinamo" uch nafar darvozabon bilan shartnoma imzolagan. Bular – Miloe Prekovich, Aslonbek Ahrorov va Farhod Rahmatov. Ushbu golkiperlar Mixail Naumov qo‘l ostida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
"Dinamo" matbuot xizmati.



Fikrlar