
"Dinamo" "Lokomotiv" yoshlarini yirik hisobda mag‘lub etdi
"Dinamo" jamoasi Toshkentdagi yig‘in doirasida dastlabki nazorat bahsida maydonga tushdi.
Uchrashuvda Vadim Abramov bir qator o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazib, aralash tarkibni maydonga tushirdi. Unda samarqandliklar "Lokomotiv" yoshlar jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi – 4:0. O‘yinda Elnur Saitmuratov dublga erishgan bo‘lsa, Iminov va Malikov ham gol muallifiga aylanishdi.
Fikrlar