"Dinamo" Jizzaxda "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi

  • 25 sentabr, 2022, 22:43
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari sababli Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan "Dinamo" jamoasi Jizzaxda "So‘g‘diyona" bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

Ushbu bahsda murabbiylar Vadim Abramov va Ulug‘bek Baqoev bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazishdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Shahboz Jo‘rabekov avtogol muallifi bo‘ldi – 0:1.

Oradan ko‘p o‘tmay, Jo‘rabekovning o‘zi farqni tenglashtirdi – 1:1. 67-daqiqada "Dinamo"ning hujumi paytida to‘p navbatdagi marta mezbon futbolchisiga tegib darvozadan joy olgan bo‘lsa, 79-daqiqada Sahob Rashidov sobiq klubi darvozasini ishg‘ol etdi – 1:3.

O‘rtoqlik o‘yini. 25 sentyabr (yakshanba)

"So‘g‘diyona" - "Dinamo" - 1:3 (0:0)

Gollar: Shahboz Jo‘rabekov 57 – Shahboz Jo‘rabekov avtogol 50, avtogol 67 (noma’lum), Sahob Rashidov 79.

«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Evgeniy Chumak, Erkin Boydullaev, Jo‘rabek Mannonov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Abdujamol Isroilov, Mehriddin Musurmonov, Javlon Malikov, Akmal Kozimov, Elguja Grigalashvili, Marat Bikmaev.

Zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar: Aslon Ahrorov, Vohid Oqbo‘taev, Bobur Madaminov, Shohrux Mahmudxojiev, Oybek Nurmatov, Sahob Rashidov, Faxriddin Alimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!