"Dinamo" ertaga dastlabki nazorat o‘yinini o‘tkazadi
Superliganing yangi mavsumiga Samarqandda tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi ertaga yig‘in doirasidagi dastlabki nazorat bahsini o‘tkazadi.
“Dinamo” jamoasi 22 yanvar kuni “Nasaf” klubiga qarshi maydonga tushadi. Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari bilan bahs Qarshida o‘tkaziladi.
O‘yin soat 13:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Shu kuni murabbiylar aralash tarkibni sinovdan o‘tkazishi kutilmoqda, - deya xabar beryapti “Dinamo” matbuot xizmati.



Fikrlar