"Dinamo" 3 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 24 yanvar, 2022, 14:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga yangi mavsumi oldidan «Dinamo» jamoasi selektsiya ishlarini davom ettirmoqda.

Tecno

Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko‘ra, jamoaga yana uch futbolchi kelib qo‘shildi.

«Nasaf»dan himoyachi Jasur Jumaev «Dinamo»ga o‘tdi. 2021 yilgi mavsumni «Nasaf» U-21 jamoasida o‘tkazgan 22 yoshli himoyachi «Dinamo» bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Tarkibga qo‘shilgan yana bir futbolchi AGMK klubidan Jasurbek Umarov bo‘ldi. 23 yoshli yarimhimoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Umarov so‘nggi uch mavsum davomida Olmaliq klubida Superligada jami 27 o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol muallifiga aylangan.

Shuningdek, «Dinamo»ga «Metallurg»dan To‘lqin Ergashev kelib qo‘shildi. 21 yoshli yarimhimoyachi o‘tgan mavsum davomida «Metallurg» safida Superligada 4 o‘yinda qaydnomadan o‘rin olgan bo‘lsa, U21 jamoasida 11ta bahsda maydonga tushgan. Ikkinchi davrani esa «Yangier» safida Pro ligada o‘tkazib, 9ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!