
Dilyaver Vaniev: Mashg‘ulotlarni boshlaganmiz, lekin Andijonga boramizmi yoki bormaymizmi, hali bilmayman
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Mash’al” jamoasi mashg‘ulotlarni boshlagan va hattoki “Qizilqum”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazgan.
Shu kunlarda moliyaviy muammo masalasida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. “Mash’al” murabbiyi Dilyaver Vaniev jamoasining tayyorgarligi haqida sports.uz saytiga qisqacha quyidagilarni aytdi:
- Biz bir necha kun oldin, futbolchilar bilan mashg‘ulotlarni boshlaganmiz. Lekin Andijonga boramizmi yoki yo‘q, buni hali bilmayman. Klub rahbariyati vaziyatni yaxshilash uchun harakat qilyapti. Kuni kecha “Qizilqum”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 2:2 hisobida durang o‘ynadik. Jamoamizdan Siroj Rahmatullaev ketgan, Bangladeshga. Jahongir Abdusalomov esa, O‘zbekiston U-22 terma jamoasiga chaqirilgan.
Fikrlar