
Diego Forlan: “Felish “Atletiko”dan ketsa, yaxshilanadi"
Diego Forlan “Atletiko” vingeri Felishning hozirgi holati haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. U futbolchini Filippe Koutinoga qiyosladi. 30 yoshli pleymekr 2013 yilda “Inter”dan “Liverpul”ga o‘tganida faoliyatida o‘zgarish sodir bo‘lgan. Urugvay afsonasi Felish ham shu yo‘lni tanlashi kerakligini aytdi.
“Joau juda yaxshi futbolchi. Unga katta pul to‘lashdi, lekin bu o‘zini oqlamadi. Portugaliyalikni ketishi haqda xabarlar chiqmoqda. Agar u boshqa jamaoga o‘tsa, hatto faoliyati yaxshi tomonga o‘zgarishi mumkin. Bunaqa voqealar ko‘p sodir bo‘lgan. Masalan, Filippe Koutino bilan sodir bo‘lgan. U “Inter”da kam o‘yin o‘tkazardi, ammo “Liverpul”ga o‘tganidan keyin darajasi ancha o‘sgan", - dedi urugvaylik futbolchi.
Felishni sotib olishni istayotgan klublar orasida “Manchester Yunayted” ham mavjud. 23 yoshli futbolchi jahon chempionatida 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar