Dibalani “Roma”dan olib ketishmoqchi. Hujumchining o‘zi klubni surishtiryapti

  • 9 oktabr, 2024, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” tarkibidagi jahon chempioni Paulo Dibalaga anchadan beri Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasi jiddiq qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Turkiyaning fotomac.com.tr  saytining ma’lum qiligicha, tez kunlarda turk klubi mutasaddilari Rimga boradi va “Roma” rahbariyati bilan argentinalik hujumchi transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.

Dibalaning rimliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Biroq tomonlarda o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor.

Manbaning ta’kidlashicha, Paulo Dibalaning o‘zini bu taklif qiziqtiriyu qo‘ygan. U anchadan beri Turkiyada to‘p tepayotgan hamyurti Mauro Ikardidan “Galatasaroy” haqida so‘rab-surishtira boshlagani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
09/10/2024 14:01
Тезрок кетсин.