
Dibalani APLda ko‘ramizmi?
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
"ESPN" nashrining xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi Angliyaga tashrif buyurgan. U Ispaniya va Italiyaga jo‘nab ketishdan avval London hamda Manchester shaharlarida bo‘lib, muzokaralarda ishtirok etgan.
Ushbu yozda Pauloni "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Nyukasl" kabi klublar o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Avvalroq, "Arsenal" uning agenti bilan aloqaga chiqqani haqida xabarlar chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, Dibalaning Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi.
Fikrlar