
Dibalaga yangi xaridor chiqdi
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone “Yuventus” bilan kelisha olmayotgan hamyurti Paulo Dibalani o‘z jamoasiga olib kelmoqchi.
Tajribali mutaxassis Madrid klubi hujumida Luis Suares va Paulo Dibala juftligini o‘ynatishni maqsad qilgan.
“Yuventus” rahbariyati Dibalani yangi shartnomaga ko‘ndira olmayapti. Hujumchi maoshini yiliga 15 million evroga ko‘tarishni talab qilmoqda. Turinliklar esa buncha maosh bermasligini aytmoqda.
Fikrlar