Dibalaga kulgili taklif bilan chiqishdi

  • 5 may, 2022, 19:31
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibalaga "Borussiya" Dortmund qiziqish bildirmoqda. 

Nemis klubi "keksa sinora"ni tark etish niyatida bo‘lgan 28 yoshli argentinalik hujumchiga boshlang‘ich taklif bilan chiqdi. 

"Asalarilar" unga soliqlardan tashqari yillik 4.5 million evro maosh hamda Xoland ketishini inobatga olgan holda, jamoadagi etakchi rolini taklif qildi. Bu haqda "Corriere dello Sport" nashri xabar tarqatdi. 

Avvalroq, Dibalaning agenti u bor e’tiborini mavsum yakuniga qaratganini aytgandi. Hozircha hech qaysi klub bilan kelishuv amalga oshmagan. 

Joriy mavsum Paulo A Seriyaning 26 o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol yozdirib qo‘ydi. 

Qayd etish lozim, ayni vaqtda argentinalik yulduz Turin klubidan yiliga 7.5 million evro maosh oladi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
05/05/2022 19:52
хеч канака кулгили эмас! Кулгили таклиф Узбекистонда булади. Укитувчиларга 1000доллар берамиз соликлардан ташкари деб йилига 1000 беришади.