
Dibalaga APLning yana bir top klubi qiziqish bildirmoqda
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini APL chempionatida davom ettirishi mumkin. "Calciomercato" nashri xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchining xizmatlariga "Nyukasl" faol qiziqish bildirmoqda.
Dibalaning "Roma" bilan shartnomasida tovon puli bor-yo‘g‘i 12 million evroni tashkil etadi. Avvalroq, Paulo jamoasi A Seriyada kuchli to‘rtlikka kira olmasa, jamoani tark etishga majbur bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. "Nyukasl"dan tashqari 29 yoshli yarim himoyachiga "Manchester Yunayted" ham qiziqmoda.
Dibala ushbu mavsumda Italiya chempionatida 11 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Argentinalik futbolchi o‘tgan yozda “Yuventus”dan tekinga rimliklar ga o‘tgan edi.
Fikrlar