Dibala: "Chiroyli futbol uchrashuvlarini kam ko‘ryapmiz"

  • 26 iyul, 2022, 20:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik hujumkor yarim himoyachi Paulo Dibala zamonaviy futboldagi o‘zgarishlar haqida gapirdi.

Tecno

"Menimcha, futbol ancha o‘zgardi. Jismoniy jihatdan kuchli va tezkor futbolchilar ko‘p, ammo biz chiroyli uchrashuvlarni kam ko‘rmoqdamiz. 

To‘g‘ri, natija muhim, men ham doim g‘alaba qozonishni xohlayman va bu mening asosiy maqsadim bo‘lishi kerak. Jamoadoshlarimga nafim tegishi uchun maydonda borimni berib harakat qilaman. Buning uchun menda kerakli xususiyatlar bor",-deydi Dibala.

Paulo bir necha kun oldin "Roma" bilan shartnoma imzoladi. Bungacha "Yuventus", "Palermo" kabi nomdor jamoalar sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!