
Dibala Anliyaning oltita superklubidan ish so‘radi
“Yuventus” bilan yangi shartnomaga kelisha olmagan Paulo Dibalaning agentlari Angliya premer-ligasining oltita etakchi klubiga argentinalik hujumchining xizmatlarini taklif qildi.
27 yoshli futbolchining vakillari “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Chelsi”, “Tottenxem” va “Arsenal” rahbariyatlaridan o‘z mijozi uchun ish so‘ragan. Ular hujumchini yozgi transferlar mavsumida Angliya ko‘chib o‘tishi bo‘yicha ish olib bormoqda.
Besh yildan beri Turin klubi sharafini himoya qilayotgan Paulo Dibala jamoaning asosiy hujumchisiga aylana olmadi. Keyingi ikki mavsumda u Krishtianu Ronaldu va yozda olib kelingan Alvaro Morata bilan raqobatlasha olmayapti.
Dibalaga PSJdan ham jiddiy takliflar bo‘lmoqda.
Fikrlar