Desham: "Mbappe terma jamoani birlashtira oladigan ajoyib lider"
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Kilian Mbappening jamoadagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr bildirdi. Hujumchi Ukrainaga qarshi JCh–2026 saralash uchrashuvida (4:0) dubl va bir assist qayd etdi.
"Unda hammasi yaxshi. U yana jismonan ham, ruhiy holati bilan ham yuqori formaga qaytdi. Sardorlikni olganidan beri o‘z ishini juda yaxshi bajaryapti. U faqatgina ajoyib futbolchi emas, balki butun jamoani birlashtira oladi. Bu – uning etakchilik qobiliyatlaridan bir qismi. U eshitardi, o‘rganardi.
Frantsiya terma jamoasi u tarkibda bo‘lganida har doim kuchliroq bo‘ladi. U bizga vazifalarni engillashtirib beradi. Bugun u ham futbolchi sifatida, ham kapitan sifatida barchasini a’lo darajada bajardi", – dedi Desham.



Fikrlar