
Desham: "Dembele bunga munosib, uning muvaffaqiyati – Frantsiyaniki ham"
Kecha Parijda PSJ va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi, 28 yoshli Dembelega dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Oltin to‘p" sovrini topshirildi.
"Men Usmon bilan shaxsiy fikrlarimni o‘rtoqlashdim. Uni tabrikladim – bu uning uchun ajoyib kecha. U bunga munosib.
Bu frantsuz futboli uchun ham juda yaxshi – chunki u terma jamoa futbolchisi. Uning muvaffaqiyati – bu Frantsiyaning ham yutug‘i. Usmon karerasida, ayniqsa PSJda erishgan natijalari orqali bu mukofotga loyiq bo‘ldi.
U juda kuchli xarakteri bilan ajralib turadi", – deya ta’rif berib o‘tdi Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi.
Fikrlar