
"Derbi Kaunti" Runini o‘ynovchi murabbiy sifatida ish boshlaganini e’lon qildi
"Derbi Kaunti" klubi 1 yanvardan e’tiboran Ueyn Runi jamoaning o‘ynovchi murabbiyi bo‘lishini e’lon qildi.
34 yoshli angliyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar imzolangan. U tomonlar kelishuviga ko‘ra yana 1 yilga uzaytirilishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Runining so‘nggi jamoasi AQShning “Di Si Yunayted” klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar