Depayga Turkiyadan taklif kelgan

  • 17 dekabr, 2022, 00:15
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Diario Sport” nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Memfis Depay yaqin kunlarda "Barselona"ga qaytib, Xavi bilan kelajagi haqida gaplashadi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, klub futbolchini erkin agent sifatida ketishini istamaydi. Shu sababli, uni qishda sotishni rejalashtirgan. Ayni damga kelib ko‘plab qiziqishlar bo‘lishiga qaramay, hali katalon klubiga muzokora o‘tkazish uchun jamoalar harakatni boshlamagan. Birgina "Galatasaray" Depayni sotib olish uchun taklif jo‘natgan.

"Barselona" hujumchidan qutilish uchun yozdan beri harakat qilmoqda. Xavi uni mavsumda 3 ta o‘yinda asosiy tarkibda o‘yinga tushirdi.

Memfis Niderlandiya bilan mundialning chorak finaliga qadar etib borib, bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!