Denis Korostichenko Bolgariya klubiga qarshi uchrashuvdan so‘ng: "Nagruzka" bilan o‘ynadik"

  • 1 fevral, 2023, 10:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lokomotiv” klubi Antaliyada yig‘inini davom ettiryapti. Kecha “temiryo‘lchilar” Bolgariyaning “Montana” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi va unda 1:1 hisobi qayd etildi.

Tecno

“Lokomotiv” bosh murabbiyi Denis Korostichenko bahs haqida Sports.uz muxbiriga shunday dedi:

"Bu 4-o‘yinimiz bo‘ldi. Yaxshi uchrashuv o‘tdi. Futbolchilarimizda ozgina charchoq sezildi. Chunki kunora o‘ynayapmiz. Ikkita tarkibimiz bor. Yosh futbolchilarimiz ham o‘z ustilarida ishlab, harakat qilishyapti.

Bizda yana mashg‘ulotlar, jismoniy yuklamalar, fitnes zali bor. Har kuni ishlayapmiz. Shu bois “nagruzka” bilan o‘ynadik. Raqib yaxshi edi. Qiziqarli jamoa. Yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Ikkinchi bo‘limda ko‘proq imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Endi “UFA”ga qarshi o‘yinga tayyorlanamiz", - dedi bosh murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!