
Dembele bizda o‘ynaydi!
“Atletiko” rahbariyati “Lion”dan ijaraga olingan hujumchi Mussa Dembeleni Madridda qolishini istamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar ayni paytda ijara shartnomasi yangilash bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Diego Simeone talabiga ko‘ra, madridliklar yangi bitimga futbolchini sotib olish huquqini ham kiritishga harakat qilyapti.
Dembele yakunlangan mavsumda “Atletiko” safida ettita uchrashuvda maydonga tushib, jami 140 daqiqa harakat qildi xolos. Biroq, Simeone unga ishonch bildirishda davom etadi.
24 yoshli hujumchining transferi 20 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar