De Yongning xafsalasi pir bo‘ldi

  • 14 oktabr, 2022, 09:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki De Yong “Barsa”dagi hozirgi holatidan mamnun emas. Bu haqda Ispaniyaning “Diario Sport” nashri xabar tarqatyapti.

Tecno

Futbolchini yozda “Manchester Yunayted” klubi qo‘lga kiritishga harakat qildi. Biroq De Yong Xavining asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lishga ishongandi. Murabbiy esa odatda uni katta o‘yinlarda asosiy tarkibda o‘ynatmayapti. Bu holat Frenkining xafsalasini pir qilmoqda. 

Agarda vaziyat shunday davom etsa, u klubni 2023 yilda tark etishi mumkin.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!