De Ligt nega "Barselona"ni emas "Yuventus"ni tanladi?

  • 30 sentabr, 2019, 17:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gollandiyalik himoyachi Matteys de Ligtning nega "Barselona"ga emas "Yuventus"ga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra de Ligt yozda Bagam orollarida hordiq chiqarayotgan paytda u joylashgan mehmonxonaga qo‘shni mehmonxonada kataloniyaliklar himoyachisi Jerar Pike ham dam olayotgan bo‘lgan. Gollandiyalik iqtidor egasi ispaniyalik futbolchi bilan suhbatlashgan va u Pikening o‘ziga nisbatan qilgan munosabatidan jahli chiqqan. Shu bois u “ko‘k-anor ranglilar”ning taklifini rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, de Ligt joriy yoz 85,5 mln evaziga “Ayaks”dan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!