De la Fuente Yamal o‘rniga "Real" tarbiyalanuvchisini terma jamoaga chaqirdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yilgi jahon chempionati saralashida ishtirok eta olmaydigan "Barselona" vingeri Lamin Yamal o‘rniga kim o‘ynashini aniqlab oldi. Kataloniyaliklar futbolchisi o‘rnini "Rayo Valekano" forvardi Xorxe de Frutos egalladi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi 11 noyabr kuni ertalab Lamin Yamalni terma jamoaning JCh-2026 saralashining so‘nggi turida Gruziya (15 noyabr) va Turkiya (18 noyabr) bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar qaydnomasidan chiqarib tashladi. Rasmiy bayonotda aytilishicha, hujumchi terma jamoani ogohlantirmasdan qov bezovtaligini davolash uchun invaziv radiochastota muolajasidan o‘tgan.
28 yoshli Xorxe de Frutos faoliyati davomida Ispaniya terma jamoasi safida birorta o‘yinda maydonga tushmagan. Joriy mavsumda "Real" tarbiyalanuvchisi "Rayo Valekano" safida barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda 6 ta gol va 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar