De Bryuyne "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi

  • 30 yanvar, 20:08
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne jamoada qolishi mumkin. Uning amaldagi shartnomasi shu yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. 

Tecno

"Daily Mail" nashri xabar berishicha, futbolchi yangi bitim imzolashga tayyor. U jamoaning yangi sardori bo‘lishni istaydi. Tez orada tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlanishi kutilmoqda. 

Rahbariyat 33 yoshli belgiyalik futbolchiga kelajagi borasida bir qarorga kelib olishi uchun vaqt berdi. Bundan esa Kevin klubga ko‘rsatgan xurmati uchun rahmat aytmoqda, deydi manba. Uning klubni tark etishi ehtimoli ham yo‘q emas edi. 

De Bryuyne 2015 yili "Volfsburg"dan 76 million evroga sotib olgandi. Shundan keyin u jamoa tarkibida 400 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 104 ta gol urdi va 173 ta assist amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!