Dayo Upamekano kelasi yili top-klubga ko‘chib o‘tishi mumkin
“Bavariya”ning markaziy himoyachisi Dayo Upamekano kelasi yili boshqa top-klubga transfer qilishi ehtimoli bor. Frantsuz futbolchi myunxenliklar bilan shartnomani uzaytirmadi – amaldagi kelishuv mavsum oxirida tugaydi.
Jurnalist Fabris Xokins ma’lumotiga ko‘ra, “Real” vakillari 27 yoshli futbolchining atrofidagilar bilan aloqaga chiqdi, shuningdek, agar Upamekano “Bavariya” bilan kelishuvga erishmasa, PSJ ham taklif kiritishga tayyor.
“Bavariya” hozircha muzokarani to‘xtatmagan – hamkorlik davom etmoqda. Markaziy himoyachiga qiziqish Angliyaning “Liverpul” klubi tomonidan ham bildirilgan, ular Ibraima Konate ketishi mumkinligini hisobga olishmoqda. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 60 mln evro atrofida baholangan.



Fikrlar