
Davron Hoshimov: Urugvaylik futbolchilar jismonan juda baquvvat ekan
Xabaringiz bor Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Xitoydagi xalqaro turnirda ishtirok etdi va Uruvay hamda Xitoy terma jamoalariga qarshi bahs olib bordi.
Terma jamoamiz himoyachisi Davron Hoshimov esa urugvaylik futbolchilarning jismoniy holatiga yuqori baho berdi.
- Urugvay terma jamoasining har bir pozitsiyasida individual jihatdan kuchli futbolchilar yig‘ilishganini bildim. Qolaversa, ular jismoniy taraflama ham juda baquvvat futbolchilar ekan. Shuningdek, Urugvay terma jamoasi har bir vaziyatdan maksimal darajada foydalanishga harakat qilar ekan. Baribir ularning o‘yin sifatlari yuqori darajada ekanligi bilan ajralib turishdi. Men ham faoliyatim davomida birinchi marta mana shunday nomdor va kuchli jamoaga qarshi o‘ynadim. Shuning uchun Urugvayga qarshi bellashuv men uchun katta maktab bo‘ldi.
Iste’dodli futbolchi bilan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>
Fikrlar