Davron Fayziev boshchiligidagi "Buxoro" ham yig‘inni boshladi, tarkibga Shavkat Salomov qo‘shildi

  • 8 yanvar, 2021, 18:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oldindan rejalashtirilganidek, “Buxoro” jamoasi bugundan boshlab, o‘z qarorgohida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. Bu haqida klub matbuot xizmati ham xabar berdi.

Tecno

Yangi bosh murabbiy Davron Fayziev boshchiligidagi yig‘inga asosan, mahalliy futbolchilar jalb etilgan bo‘lib, ular orasidan Buxoro futbolining etakchilaridan biri Shavkat Salomov ham o‘rin olgan. Muxlislar yaxshi biladiki, bu o‘yinchi katta futbolga aynan "Buxoro" klubi orqali kirib kelgan.

Yig‘in davomida jamoa safiga bir nechta tajribali futbolchilar ham kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Kuni kecha, Davron Fayziev sports.uz saytiga bergan intervyusida "Buxoro"dagi ishini muxlislarni xursand qiladigan transfer bilan boshlamoqchi ekanligi haqida aytgandi. Katta ehtimol bilan, bosh murabbiy Shavkat Salomovni nazarda tutgan ko‘rinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!