
David Ferrer do‘sti bilan ikkinchi davraga yo‘l oldi
Professional tennischilar uyushmasi – ATR tomonidan o‘tkazilayotgan "Miami Open" turnirining birinchi davrasi ispan tennischilari uchun omadli o‘tdi.
Dastlab, ushbu bosqichda tajribali David Ferrer mezbon tennischisi Sem Kuerri ustidan 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shuningdek, Pablo Anduxar xorvatiyalik Ivo Karlovichni birinchi setda tay-brekda mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi setda 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar