
Dastin Pore: Maqsadim jahon chempioni bo‘lish!
UFC engil vazn toifasining sobiq vaqtinchalik jahon chempioni Dastin Pore o‘z maqsadlari borasida gapirdi.
"Mening asosiy maqsadim, bu shubhasiz jahon chempioni bo‘lish!
Men shunchaki, katta janglarda ishtirok etishni yoki shunchaki faoliyatim davom etishini istamayman.
Muxlislarni xursand etishni, ajoyib janglar o‘tkazishni va asosiysi shubhasiz jahon chempioni bo‘lishni xohlayman. Men "vaqtinchalik chempion" deyishlarini istamayman," - dedi Pore.
Eslatib o‘tamiz, Pore so‘nggi janggini UFC 242 doirasida Xabib Nurmagomedovga qarshi o‘tkazib, uchinchi raundda bo‘g‘ish usuli evaziga mag‘lubiyatga uchragan edi.
Fikrlar