Daniel Korme: "Biz trilogiya tashkil qilishimiz kerak"

  • 18 sentabr, 2023, 15:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Daniel Kormening fikricha, Valentina Shevchenko (23-4-1) va Aleksa Grasso (16-3-1)o‘rtasida uchinchi jang zarur.

Tecno

“Menimcha, ular uchinchi marta uchrashishlari kerak. Agar, juda yomon beshinchi raund bo‘lmaganida, Shevchenko chempion bo‘lardi. Biz trilogiya tashkil qilishimiz kerak. Bu super engil vazn toifasidagi eng yaxshi, eng qiziqarli va raqobatbardosh jang”, - dedi og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme.

Eslatib o‘tamiz, Las-Vegasda (AQSh) bo‘lib o‘tgan revansh jangida Grasso va Shevchenko g‘olibi aniqlamagan edi. Jang hakamning qarori bilan durang bilan yakunlandi. Alexa Grasso birinchi jangda g‘alaba qozonib, super engil vazn (56,7 kg) toifasida chempionlik kamarni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!