
Daniel Korme: "Amerikalik jarohatlar bo‘lmaganida tarixdagi eng buyuk jangchilardan biri bo‘lardi"
UFC ning ikki vazn toifasida sobiq chempioni Daniel Korme jamoadoshi va ikki karra og‘ir vazn chempioni Keyn Velaskes (14-3) haqida fikr bildirdi.
"Keyn eng yaxshi jangchi edi. Men unga o‘xshaganini hech qachon ko‘rmagandim. Hatto hozir ham yo‘q. Uning mashg‘ulotlarga yondashuvi, texnik arsenali, qobiliyatlari — barchasi ajoyib edi. U haqiqatan ham hammasini qila olardi. Agar u barcha jarohatlardan "omon qolganida", shubhasiz, tarixdagi eng kuchli yigitlardan biriga aylanardi. Hech kim uni engolmas edi", — dedi Korme "talkSPORT" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Keyn Velaskes oxirgi bor 2019 yil 17 fevral kuni Frensis Ngannuga qarshi oktagonga ko‘tarilib, 1-raundda nokaut bilan mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar