Dani Alves Ronalduni tan oldi

  • 13 oktabr, 2024, 20:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Dani Alves Krishtianu Ronalduning o‘yini anchadan buyon unga yoqishini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Menga Krishtianu yoqadi. Endi biz "Barselona" va "Real"da emasmiz, shuning uchun men bu haqda gapira olaman. Ronaldu barchamiz uchun achadan buyon namuna bo‘lib kelgan. U mashaqqatli mehnat orqali eng kuchlilar bilan raqobatlasha olishni ko‘rsatdi. Men uni juda hurmat qilaman.

Mehnat orqali hamma narsaga erishgan yigitni qanday hurmat qilmay. Men o‘zimni Ronaldu bilan tanishtiraman, chunki hayotimda qilgan barcha ishlarim bunga asoslangan edi. Messi — futbol o‘ynash va boshqa darajada bo‘lish qobiliyati bilan tug‘ilgan tug‘ma iste’dod bo‘lib, unga faqat u erishadi", - dedi braziliyalik himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!