
Dani Alves faoliyati davomida 40 ta sovrin yutgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi
Avval xabar berganimizdek kecha Braziliya terma jamoasi o‘z maydonida o‘tgan Amerika kubogi finalida Peruni 3:1 hisobida engib chempionlikni tantana qildi.
E’tiborlisi, bu pentakameonlar sardori Dani Alves uchun professional faoliyatidagi 40-sovrin bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, 36 yoshli himoyachi ushbu sovrinlarning aksariyatini klublar miqyosida qo‘lga kiritgan bo‘lsada, terma jamoada ham 2 karra Amerika kubogi va 2 karra Konfederatsiyalar kubogi g‘olibi bo‘lgan. U Chempionlar ligasida 3 marta, Evropa ligasida esa 2 marta zafar quchgan. Italiya, Frantsiya va Ispaniya chempionatlarida g‘olib chiqqan.
Aytish lozimki, Dani Alves faoliyati davomida 40ta sovrin yutgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi. Boisi, shu kungacha dunyoda hali hech bir futbolchi bu qadar ko‘p sovrin yutmagandi.
Fikrlar