
Damir Jumxur noma’lum sababga ko‘ra Mayamidan ketdi
Bosniyalik tennischi Damir Jumxur Florida shtatida o‘tayotgan "Miami Open" musobaqasidagi ishtirokini davom ettirmasligi haqida e’lon qildi.
Uning nega bunday qarorga kelgani noma’lum. Endi Damirning raqibi, italiyalik Marko Chekkinato turnirning uchinchi davrasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tadigan bo‘ldi.
Marko ushbu bosqichda belgiyalik David Goffin va ispaniyalik Pablo Anduxar uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar