
Dahshat! Bir soat ko‘p bo‘lib harakat qilgan "Arsenal" penaltilar seriyasida MYuga mag‘lub bo‘ldi (Videosharh)
Angliya kubogi doirasida "Arsenal" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Ushbu to‘qnashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi.
Fernandesh 52-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Magalyayns 62-daqiqada muvozanatni tikladi. Bundan tashqari, Dalot 61-daqiqada qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
O‘yin ekstra taymlargacha bordi va unda ham hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa "qizil iblislar" 5:3 hisobida zafar quchdi.
Quyida ushbu bellashuv videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar