
Coca Cola Superliga. "Paxtakor" mag‘lub bo‘ldi, "So‘g‘diyona" uzoq yillik noxush an’anaga barham berdi
Bugun Coca Cola Superligada 4-tur o‘yinlari davom ettirildi. Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi o‘z maydonida amaldagi chempion “Paxtakor”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
31-daqiqada Temur To‘xtasinov mehmonlar darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgiladi, ammo Shoxruz Norxonov ushbu qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.
Shunday bo‘lsada, Norxonov ikkinchi bo‘limda o‘z maqsadiga erishdi. Jasur Hasanovning chap qanotdan uzatib bergan to‘pini Sanjar Quvvatov qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi.
Shu tariqa, “Paxtakor” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan bo‘lsa, “bo‘rilar” joriy mavsum ilk bor g‘alabaga erishdi.
Fikrlar