
Coca-Cola Superliga. 3-turning 3 ta o‘yinida VAR tizimidan foydalanish rejalashtirilmoqda
18 mart, payshanba kuni Superliganing 3-tur bahslari start oladi. Bilasiz, joriy yildan e’tiboran milliy chempionatimiz uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmoqda.
Jumladan, Coca-Cola Superliga 3-turidan o‘rin olgan 3 ta bahsda Video Assistant Referee tizimi ishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, “Turon” – “Lokomotiv”, “Navbahor” – “Nasaf” va “Bunyodkor” – “Andijon” o‘yinlarida VAR tizimidan foydalanish rejalashtirilmoqda.
Fikrlar