Chuamenining oyog‘ini Gavi sindirdimi? Futbolchining o‘zi javob berdi

  • 30 oktabr, 2023, 20:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Orelen Chuameni jarohatida Gavi aybdor emasligini aytdi.

Tecno

"Real Madrid" yarim himoyachisi "Barselona" bilan o‘yindan so‘ng (2:1) oyog‘ining sinishi tashxisi qo‘yilgandi. Frantsiyalik futbolchi ikki oyni o‘tkazib yuboradi.

"DAZN ESPANA" tvitterda ikkinchi bo‘limning bir epizodida sodir bo‘lgan voqeani yozdi. Unda Orelen "Barsa" yarim himoyachisi Gavi bilan to‘qnashdi. Ushbu epizodda Chuameni zarar ko‘rgani da’vo qilingan.

“Bu Gavining aybi emas. Birinchi bo‘lim oxirida jarohat oldim", - deya javob qaytardi "Real" futbolchisi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!