Chirchiqda O‘zbek jang san’ati bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi

CHERY AUTO

Joriy yilning 18-21 noyabr kunlari Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida milliy sport turimiz bo‘lgan O‘zbek jang sana’ti bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

Yuqori saviyada o‘tkazilgan mazkur mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan 800 nafarga yaqin sportchilar O‘zbek jang sana’tining "Mergan chavandoz", "Mergan sportchi"," Temuriylar bellashuvi" yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblik uchun kuch sinashishdi. Murosasiz va shiddatli tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni Toshkent viloyati jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Sirdaryo viloyati jamoasi egalladi.Uchinchi o‘rin Toshkent shahri va Jizzax viloyati sportchilariga nasib etdi.

Barcha vazn toifalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan atletlar medal va diplom bilan taqdirlanishdi. Shuningdek musobaqa doirasida Latviya davlatida ham milliy sport turimiz O‘zbek jang sana’tini keng rivojlantirish maqsadida mazkur sport turi bo‘yicha federatsiya tashkil etilgani va ushbu federatsiyaga latviyalik Andres Dremanis rais etib tayinlangni munosabati bilan unga O‘zbek jang sana’ti federatsiyasi raisi Po‘lat O‘smonov tomonidan guvohnama va tashakkurnoma  tantanali tarzda topshirildi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!