Chempionlar ligasining bu mavsumi tarixga kirdi

  • 11 mart, 2020, 11:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atalanta” klubi forvardi Yosip Ilichich Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi o‘ninchi xet-trigi muallifiga aylandi.

Tecno

Sloveniyalik futbolchi kecha “Valensiya”ga (3:4) qarshi o‘yinda 4 ta gol urdi.

Aytish kerakki bu mavsum Chempionlar ligasi tarixida eng ko‘p xet-trik qayd etildi.

Ilichichdan avvalroq Erling Xoland ("Red Bull Zaltsburg"/"Borussiya"), Mislav Orshich ("Dinamo" Zagreb), Serj Gnabri ("Bavariya"), Raxim Sterling ("Manchester Siti"), Kilian Mbappe (PSJ), Rodrigo Goes ("Real"), Robert Levandovski ("Bavariya"), Arkadiush Milik ("Napoli") va Gabriel Jezuslar ("Manchester Siti") ham xet-trik qayd etishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!